1445 йил 26 шаввол | 2024 йил 05 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir'avn qasrida

15:00 / 29.08.2021 2860 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Nil daryosi sohillarida Fir'avnning ko‘p qasrlari bor edi. Fir'avn qasrdan qasrga ko‘chib, nil sohilidagi qasrlarida sayr qilar edi. Bir kun u oyoqlari tagida shovillayotgan daryoga tikilib o‘tirardi. U bilan birga Misr malikasi ham bor edi.

U podshoh bilan birga sayr qilib yursa, banogoh to‘lqinlarquchog‘ida allalanib kelayotgan sandiqqa ko‘zlari tushdi.

- Ey hojam, anavi sandiqni ko‘rayapsizmi?- dedi Misr malikasi.

Fir'avn e'tiborsiz javob berdi:

- Nilda sandiq nima qiladi? U nilga tushib qolgan bir yog‘ochdir.

- Yo‘q hojam, aniq sandiq oqib kelayapti, - e'tiroz bildirdi malika.

Bu orada sandiq ular oldiga ancha yaqin kelib qolgandi. Atrofdagilar ham – «Ha, ha sandiq ekan»,- deyishdi. Shoh hizmatkorlaridan biriga sandiqni tutib kelishni buyurdi. Xizmatkorlardan biri borib, sandiqni chiqardi. Sandiq ochilgan edi, uning ichida do‘ndiq bir go‘dak jilmayib yotardi. Uni ochgan kishilar hayratdan yoqa ushlab qolishdi. Hamma uni qo‘liga olib tomosha qilib chiqdi. Fir'avn ham hayron edi. Hizmatkorlardan ba'zisi: «Bu bola bani Isroildan, shoh uni albatta qatl qiladi» dedi. Lekin Misr malikasi bolani yoqtirib qolgandi. U qo‘lidagi jajji vujudni bag‘riga bosib, o‘pib erkalar ekan, podshoh huzuridan shafoat qilishini so‘rab shunday dedi:

- «(Bu bola) Men uchun ham, siz uchun ham, ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni bola qilib olsak».

Shunday qilib Muso ibn Imron Fir'avn qasriga kirib olgan edi. Fir'avn jallodlari shuncha tirishsalar ham, u yashab qoldi. Vaholanki, ular qarg‘adek o‘tkir ko‘zlari bilan, chumolidek sezgir burunlari bilan ham unga yo‘l topa olishmagan edi.

Alloh taolo irodasiga muvofiq go‘daklar jallodi Fir'avn kelajakda uning mol-mulkini tortib oladigan go‘dakni o‘z uyida tarbiya qila boshladi. Bechora Fir'avn...

Shunday qilib, shoh ham, uning vaziri Homon ham, butun qo‘shinlari ham qattiq yanglishdilar. «Bas, uni Fir'avn xonadoni (o‘sib-ulg‘aygach) o‘zlariga dushman va g‘am-tashvish bo‘lishi uchun tutib oldilar. Albatta Fir'avn, Homon va ularning lashkarlari hato qiluvchi bo‘ldilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Od qavmining kuchi, o`zlariga va insonlarga zararli bo`lib qoldi. Chunki ular, Allohga va oxirat kuniga ishonib, iymon keltirmadilar. Ularni nima zulmdan va dushmanchilikdan man qiladi Nima uchun insonlarga zulm qilmasinlarki, ular o`zlaridan yuqorida hech kimni kuchli deb ko`rmaydilar. Hisob давоми...

2255 15:00 / 19.12.2020
17Nuh ko`p harakat qilib, qavmini uzoq vaqt daaposvat qildi. Nuh o`z qavmida ellik yil kam ming yil, yaaposni to`qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohga daaposvat qildi. Lekin Nuhning qavmi iymon keltirmadi. Butlarga ibodat qilishni tark etib, Allohga qaytmadilar. Nuh qachongacha kutadi давоми...

5190 19:03 / 29.12.2019
Solih, qavmi oldida turib, ovozi boricha .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 62oyat dedi. Boylar yebichish va befoyda, o`yinkulguda edi. Butlarga ibodat qilib, ulardan boshqani iloh deb bilmasdilar. Solihning daaposvati ularni ajablantirmadi.Samud давоми...

2384 16:00 / 03.04.2021
Ey, farzandBirovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o`n sakkiz daraja afzalroqdir,. Ro`za tutish va sadaqa berishni o`ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini давоми...

25342 11:40 / 30.12.2018
Аудиолар

120899 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42465 14:35 / 11.08.2021