1445 йил 3 зулқаъда | 2024 йил 11 май, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Azob

15:00 / 13.02.2021 2193 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Od qavmi, har kuni yomg‘ir yog‘ishini kutar edi. Ular osmonga qarardilar lekin bir parcha bulut ham ko‘rmasdilar. Ular yomg‘irga muhtoj edilar. Ularda yomg‘irga ulkan ishtiyoq bor edi. Kunlardan birida, bulutni, ular tomon kelayotganini ko‘rib, juda xursand bo‘lib, qichqirib yubordilar: «Bu yomg‘i buluti! Bu yomg‘ir buluti! Insonlar xursand bo‘lishganidan raqsga tushishdi va bir-birlariga qichqirib: «Yomg‘ir buluti! Yomg‘ir buluti! Deyishardi. Hud esa, azob kelganini tushundilar. Hud ularga:

«Bu rahmat buluti emas, balki u alamli azob bo‘lgan shamoldir», dedilar. Shunday bo‘ldi ham. Qattiq shamol esdi, insonlar bunga o‘xshashini ko‘rmagan va eshitmagan edilar. Bo‘ron ko‘tarilib, daraxtlarni sug‘urar, uylarni vayron qilar, hayvonlarni ko‘tarib, uzoq joylarga otib yuborar edi. Cho‘lning qumlari uchib, dunyo qorong‘ulashdi, inson hech narsani ko‘rmay qoldi. Ularni vahima bosib, uylariga kirib, eshiklarni mahkam tanbalab oldilar. Bolalar onalarining pinjiga tiqilishdi, insonlar devorlarni quchoqlab olishdi, insonlar, xonalarga kirib ketishdi. Bolalar yig‘lar, ayollar qichqirar, erkaklar duo qilib, yomg‘ir so‘rardilar. Guyo: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yo‘qdir» (Hud surasi, 43-oyatdeyayotgandek bo‘lar edi.

Bu yetti kecha, sakkiz kunduz tinmadi. Qavm halok bo‘ldi, ular xuddi arralab tashlangan xurmo daraxtlari kabi yotishar edi. Juda ajoyib manzara bo‘ldi. Insonlar o‘lik bo‘lib, ularni qushlar yer edi, uylar xaroba bo‘lib ularda boyo‘g‘lilar yashar edi. Hud va mo‘'minlar iymonlari bilan najot topishdi, Od qavmi esa, kufrlari va qaysarliklari uchun halokatga uchrashdi.

«Ogoh bo‘lingkim, albatta, Odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo‘lingkim, Hud qavmi Od yo‘qolsin-e!» (Hud surasi, 60-oyat).

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
15Boylar .Nuh daaposvat qilayotgan narsa haq va xayrli narsa emas,. Nimaga bilasizlarmi Chunki biz barcha yaxshiliklarda oldinlab ketganmiz. Barcha yaxshi taomlar, barcha yaxshi kiyimlar bizda. Odamlar barcha narsada bizga tobedirlar. Biz bilamizki, albatta yaxshilik bizni adashtirmaydi va shaharda давоми...

2646 13:05 / 16.12.2019
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

3671 10:40 / 20.07.2019
4Lekin shayton insonlarni miyalariga kiradigan eshikni topdi. Kishilar Allohdan qo`rqardilar va Allohga kechayu, kunduz ibodat qilardilar, uni ko`p zikr qilardilar. Ular Allohni yaxshi ko`rardilar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rar va duolarini qabul qilar edi. Insonlar ham ularni yaxshi ko`rar va давоми...

4982 17:45 / 25.09.2019
25 Bu buyuk boylik Yusufni Allohdan mashg`ul qilib ham qo`ymadi o`zgartirmadi ham.Yusuf hamisha Allohni zikr qilar va Unga ibodat qilib, Undan qo`rqar edi.Yusuf Allohning hukmi bilan hukm qilar va Allohning buyruqlarini ijro qilar edi.Yusuf mulkka ko`p e`tibor bermas va uni katta narsa deb давоми...

2265 20:00 / 12.07.2019
Аудиолар

121206 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42730 14:35 / 11.08.2021