қ. NurShohida
01.12.2009 .

Toglar orasidagi shifobaxsh, zilol suvlari, yashil tabiati bilan korkam ikki qishloq ahlining xursandchilik onlari edi. Qishloq ahli bolalari ilm olishlari uchun yangi zamonaviy maktab qurilishi haqidagi gaplar butun qishloqqa yoyilgan edi.
Bu ishlarga boshchilik qilayotgan Mahmud toga qishloqning eng boobro odamlaridan edi. Katta-katta yerlari, hovli joylari bir qishloqning deyarli yarmini egallardi. Oilasi ahil, ayoli - ikki ogil, uch qizning onasi Karomat aya ham obroli oiladan, oqila ayol. Mahalladagilar uni oqila, tadbirli, sahiy ayol bolganligi uchun hurmat qilishardi. Har safar Ramazon oyi kirdimi, qoni-qoshni, qarindoshlardan ehtiyojmandlariga kiyim-kechak, oziq-ovqat ulashardi. Mana osha barakotli oy kirib kelishiga ikki kun qoldi. Mahmud tog'aning yakkayu yagona singlisi olamdan otganiga chamasi 15 yil bolgan, 3 yashar Salimbek ismli ogli Mahmud tog'aning qaramogida qolgandi.Yillar otib osha godak 18 yoshni qarshi oldi. Salimbek tugma nogiron bolganligi sabab duduqlanib gapirardi. Mahmud tog'a ishlari kopligidan Salimbek bilan tuzukroq gaplashishga ham vaqti yetmay, deyarli kop vaqti kochada otardi. Shu sababmi Salimbek togasidan hayiqib ozini begonaday chetga olardi. Xatto voyaga yetgach hovlining chekkasidagi kichik uyga kochib otgandi.
Ikki qishloq bolalari uchun maktab qurulishi arafasi. Qurilish boyicha otkazilgan tenderda badavlat kishilar, bir qator qurilish firmalari ham qatnashdi. Ular orasida Mahmud tog'a ham uning azaldan kelisholmay yurgan raqibi G'iyosiddin boy ham tengma-teng kuch sinashdi. Mahmud tog'aning say-harakatlari, oilasining duolari ijobat bolib, bu yilgi tenderda uning firmasi golib boldi. G'iyosiddin boy Mahmud tog'aning oldida kulib tursada, ichidagi garazi qaynar xumchaday qaynardi. Ramazon oyi kirib keldi-yu Mahmud tog'a mahalla guzarida kunora iftorlik, kamtaminlangan oilalar uchun saharlik ham uyushtirardi. Kun biroz uzaygan, rozadorlarga bu yilgi roza qiyin koringan bolsada bir pasda yarmidan kopi ham otdi. Mana ming oydan afzal bolgan Laylatul-qadr kechasi kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Ushbu kechani Quroni karim tilovati, duoyu ibodatlar bilan otkazish maqsadida Mahmud tog'alarning uyida katta iftorlik harakatlari avjida. Mahmud tog'a shu kechada ozaro adovatini chetga surib G'iyosiddin boyni ham taklif qildi.
Karomat aya supur-sidir, pishiriq ishlari bilan band bolib jiyani Salimbekdan tuzukroq xabar ham ololmay qoldi. Salimbek uch-tort kundan beri tort gildirakli aravani azonlab olib ketar, uyga kech kirganda qaytardi. Mahmud tog'a ishdan qaytarkan bir-ikki bor kozi tushdi-yu, etibor bermadi. Bugun tush payti jiyani Salimbekni kocha-koyda muzqaynoq sotib yurganini korib qoldi. Birdan badanini sovuq ter bosdi. Nahotki bu bolaga pul yoki kiyim-kechak yetmasa, yo och qolayotganmikan. Oilamiz obrosini bir pul qilib muzqaymoq sotayaptimi?! degan oy bilan jiyanini kuzatar ekan, Salimbekning yerda yotgan qogoz parchalarini peshonasiga surtib xaltasiga solayotganiga guvoh boldi. Bu ishi nimasi ekan?! Mahmud tog'aning jiyani axlatchi degan nom yetmay turgandi, deb oziga-ozi alla nimalarni pichirlab togri Salimbekni oldiga bordi. Ozini zorga qolga olib, darhol uyga borishini aytdi. Salimbek togasidan biroz chochidi-yu, yol-yolakay yana ahyon-ahyonda uchragan osha qogoz parchalarini yiga ketdi. Atrofda kuzatayotga ayollar ozaro Tavba, oltin topgan odam ham bunday quvonmaydiya, deb pichirlashardi. Uning ortidan bir toda bola chopqillab yurardi. Yol-yolakay ularni Salimbek muzqaymoq bilan mehmon qilardi. Salimbekning asl niyati muzqaymoq sotish emasdi, bolalarni xursand qilmoqchi edi. Shu bahona bilan qogozlarni ham yigishtirardi.
Laylatul-qadrdan oldingi songgi tun. Mahmud tog'a ishdan qaytarkan Karomat aya qarshi oldi va Salimbekka qattiq gapirmang, aqli ojiz bolsa nima qilayotganini bilmagandir, deya yupatdi. Shu kecha Mahmud tog'a Salimbek bilan gaplashib olish uchun uyining oldiga keldi va eshigini jahl bilan taqillatdi. Atrof jim-jim, tun qorongu bolsada ramazonning iliqligi bor edi. Eshik oldida ancha kutgan Mahmud tog'a ortiga qaytarkan devor tagida otirgan Salimbekni korib hayron boldi. Ozini ancha bosib, bogiq ovozda:
- Salimbek, qilgan ishingdan xursand emasman, oilamizni dost-dushman oldida sharmanda qilmoqchimisan, oglim. Muzqaymoq sotayotganingga hayronman, pul kerak desang istaganingcha beray, ish desang tuzukroq ishga joylab qoyaman, kocha-koyda axlat yigib yurganingni oz kozlarim bilan kordim, dedi. Salimbek asta ornidan turib, kozlari tola yosh bilan:
- Togajon sizni hafa qilgan bolsam kechiring. Qilgan ishlarimga ming bora uzr sorayman. Axlat yigayotganim yoq, bu ish menga vazifa qilib berildi. Mening ham sizga aytadigan gapim bor edi. Ertaga tongda olaman. Sizdan iltimosim meni qabrga siz qoying, dedi duduqlanib. Mahmud tog'a nima deyishini bilmay qotib qoldi va ishonqiramay xayrli tun tilab uyga kirib ketdi.
Balki bu unga avliyolar kabi avvaldan berilgan bir xabardir. Ammo buni togasi payqamadi.
Tong otay deb qolgan, Karomat aya odatdagiday qizlari bilan oila azolariga saharlik tayyorladi. Salimbekning uyiga choy-ovqatini koratib olib bordi. Uyga kirdi va qolidagilarni stolga qoyib:
- Salimbek tur oglim, kun yorishib tong otib ketmasin, ul-bul yeb olgin, orgilay, turaqol, deb yoniga otirdi. Salimbekning yuzlari oppoq, kozlari uhlayotganday yumuq edi. Qollari biroz sovuq tuyuldi. Karomat aya qancha uygotishga harakat qilmasin Salimbekdan sado chiqmadi. Mahmud tog'a tahorat olgani chiqarkan Karomat ayaning Salimbek deb baqirgan ovozini eshitdi-yu Salimbek tunda aytgan gaplari yodiga tushdi. Uning uyi tomon yugurdi. Salimbekning joni chiqqaniga chamasi bir soat bolgandi. Mahmud tog'aning ustidan sovuq suv quyib yuborilganday boldi. Nega bechoraning qalbiga ozor berdim deb ich-etini yerdi. Stol ustidagi xaltada turgan qogoz parchalarini qoliga oldi. Badanida titroq turdi. U axlat deyayotgan qogozlar Quroni karimda keltirilgan duolar yozilgan qogoz, ramazon taqvimi bolakchalari, Basmala, yani Bismillahir rohmanir rohiym deb yozilgan taklifnomalar, hadislar, Allohning gozal ismlari yozilgan gazeta bolaklari edi. Mahmud tog'a hamma narsaga endi tushunib yetgandi.
Salimbekni yuvib-tarab peshin namoziga olib borishdi. Janoza namozidan keyin qabristonda hozir bolganlar gorkovga yordam berishar, atrofda Salimbekning mitti dostlari, bolajonlar ham uning haqqiga duo qilishardi. Mahmud tog'aning hayoli Salimbekning songgi iltimosini bajo keltirishda edi. Oppoq matoga oralgan jasadni qabrga qoymoqchi bolgan ogillariga toxtanglar, bu menga vasiyat qilingan edi deya uni qabrga ozi qoydi. Tuproq tortish uchun egilar ekan, bir fursat hayrat bilan qabr ichiga tikilib qoldi. Mahmud tog'a Salimbekni solim jannat boglarida, atroflari anhoru noz-nematlar bilan oralgan makonda togasiga mamnuniyat bilan qarab turganini kordi. Osmondan yaltirab oppoq qogozlar yogilardi. Atrofdagilar u korayotgan narsalardan bexabar Mahmud tog'aga qarab turishardi. Buni yolgiz Mahmud tog'a kordi. Janoza, dafn marosimi ham otdi. Bu kecha Qadr kechasi edi. Iftorlikka mehmonlar birin-ketin kela boshlashdi. G'iyosiddin boyning kelishidan asosiy maqsad, Mahmud tog'aning oilasidan kamchilik topib odamlar orasida mazax qilish edi. Ulug kechani Quron tilovati, duo-yu ibodat bilan otkazdilar.
Oradan kunlar otib qishloq ahli azonlab jome masjidiga hayit namozini ado etish uchun yigilishdi. Hayit namozini huzur bilan oqigan jamoa, bir-birlarini hayit bayrami bilan qutladilar. Amaki, toga, buvalar nevaralariga hayitlik olib uylariga tarqala boshlashdi. Mahmud tog'a masjiddan chiqar ekan orindiq tagida yotgan qogozga kozi tushdi. Darhol egildiyu qoliga olib, opib peshonasiga surdi va yuqoriroq joyga hurmat bilan olib qoydi. Ikki qadam orqada kelayotgan G'iyosiddin boy:
- Axlatchi jiyani vafot etib, bu ishlarni qilish ozlariga qolibdi-da, deb mazax qildi.
Mahmud tog'a indamay yolida davom etdi. G'iyosiddin boy ogliga ol-chi deb qogozga ishora qildi. Ogli qogozni oldiyu, oylanib qoldi. G'iyosiddin boy qogozni oglining qolidan tortib olib oqidi: Umar raziallohu anhudan rivoyat qilinadi: Paygambar sollallohu alayhi vasallam: Albatta, amallar niyatga bogliqdir. Albatta, har bir kishiga niyat qilgan narsasi boladi. Bas, kimning hijrati Alloh va Uning Rasuli uchun bolsa, uning hijrati Allohga va Uning Rasuliga boladi. Kimning hijrati dunyo uchun bolsa, unga erishadi. Yoki ayol uchun bolsa, uni nikohlab oladi. Bas, uning hijrati nima uchun qilgan bolsa, oshanga boladi, dedilar. U axlat deb hisoblayotgan, Salimbek yelib-yugurib terib olgan qogozlaridagi yozuvlar oddiy yozuvlar emasdi. Bazisi oyat, bazisi hadis edi. Yoshligida uning marhum buvijonisi orgatgan ogitlari yodiga tushdi. Buvisi unga doim: Oglim xat-yozuvi bor qogozlarni oyoqosti qilmagin. Bolajonim xat-yozuv ham ilm hisoblanadi. Ilmni oyoq osti qilish yaxshilikka olib kelmaydi deb takidlardi. G'iyosiddin boy: Men ozimga ganim bilgan kishi qilayotgan bu ish qandayin sharafli ish ekan deya kozlariga yosh oldi. Qilgan ishlari uchu Alloh taologa tavba qildi.
P.S: Bu hikoyani bolagan voqea asosida tayyorladim. Ozgina badiiy bezak berdim xolos. Bu hikoyani ilm qadri deb nomlaganidan maqsad hozirgi kunda kocha-koyda oyoq-osti qilinayotgan, nojoiz joylarga qoyilayotgan kitob, gazetalarga ozgina etibor berilsa, ularda ham yuqoridagi narsalar yozilgan bolishi mumkinligi, nafaqat diniy ilm, balki dunyoviy ilm bolsa ham qadrlasak demoqchi edim. Haqiqatdan ham, yozuv ham bir ilm deb oylayman.[/color] NurShohida

 
«   »

madrasa.uz