1445 йил 25 зулқаъда | 2024 йил 02 июнь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Yusufning akalari keldilar

12:30 / 29.05.2019 1797 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

17

Yusuf xabar berganidek Misr va Shomda (hozirgi Suriya) ochlik bor edi. Misrda shunday rahmdil kishi borligini Shom ahli va Ya’qub eshitdi: «Albatta, Misrda ochiqko‘ngil va saxovatli inson bor bo‘lib, u yer xazinalari ustidadir. Odamlar uning oldiga borib, undan taom olardilar».

Ya’qub bolalariga pul berib, ovqat olib kelish uchun Misrga yubordi. Binyamin otasining huzurida qoldi. Chunki Ya’qub uni juda yaxshi ko‘rardi. Undan uzoqlashishni xohlamas edi. Ya’qub u haqda Yusufga qayg‘urganidek qayg‘urar edi. Yusufning akalari Yusufga yuzlandilar va uning o‘z ukalari Yusuf ekanini bilmadilar. Ular bu o‘sha quduqdagi Yusuf ekanini bilmadilar. Ular uni o‘lgan deb o‘ylardilar. Quduqda qanday o‘lmasin? U quduqda edi, quduq esa chuqur edi. Quduq o‘rmonda edi, o‘rmon esa qo‘rqinchli edi. Bu qorong‘uda bo‘lgan edi. Qorong‘ulik esa zulmat edi.

«Yusufning og‘a-inilari keldilar va uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi. Ular esa uni tanimadilar».

Ular Yusufni tanimay inkor qildilar lekin Yusuf ularni inkor qilmadi, balki tanidi. Yusuf bildiki, ular uning o‘limini xohlaganlar edi. Lekin Alloh uni saqlab qolgan edi. Yusuf ularga hech narsa demadi va ularni fosh qilib, sharmanda ham qilmadi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Imom G`azzoliy haqlarida bir necha so`zHujjatul islom Imom G`azzoliy hazratlari bir necha asrlarda bir keladigan buyuk islom mutafakkirlaridan biri sanaladi. Hijriy 450 m.1058 yilda Eronning Xuroson viloyati, Tus shahrida dunyoga kelib, hijriy 505 m. 1111 yilda shu yerda vafot etganlar. Hayratda давоми...

5621 17:39 / 22.10.2018
Ey, farzandTo`y va shunga o`xshash ko`ngilxushlik joylariga borilganda oshkor gunoh qilayotganlar guruhiga qo`shilib, ular bilan birga gunoh orttirmaslik, borarbormas oldingi safda ko`rinishga harakat qilmaslik ma`qul.Jamoat holida bo`lgan yig`inlarda xizmatdan qochmaslik, atrofdagi yebichiladigan давоми...

5084 18:40 / 03.02.2019
Assalomu alaykum, azizlar. Men sizga ozimni tanishtirishdan oldin bazi bir narsalarni aytib bermoqchi edim. Allohning haq rasuli Muhammad alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan keyin bu yerda bir masjid qurdirdilar. Masjidning uzunligi yuz gaz, eni qirq gaz edi. Bu muborak binoning tomini давоми...

817 16:35 / 11 январь
Assalomu alaykum, men ozimni sizlarga qanday qilib tanishtirsam ekana Sizlarning kopchiligingiz meni kormagansiz. Meni Arab diyorlarida Zab deb atashadi. Asosan sahrolarning qum barxanlari orasida yashayman. Ikkinchi nomim ham bor ndash Qumbaliq. Korinishim baliqqa oxshasa kerakda, shuning uchun давоми...

2142 09:57 / 23.10.2023
Аудиолар

122298 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

43644 14:35 / 11.08.2021